ZARMED — bu shunchaki universitet emas. Bu adolatli, haqqoniy va jamiyatga foydali bo‘lgan global fikrlaydigan kadrlar tayyorlash maskani. 2022-yilda Buxoroda asos solingan ZARMED Universiteti, qisqa vaqt ichida nafaqat respublikamizda, balki xalqaro ta’lim maydonida ham o‘z o‘rnini topdi. Hozirgi kunda universitetimizda 10 000 ga yaqin talabalar tahsil olishmoqda.
Universitetda ta’lim faqat nazariya bilan cheklanmaydi — bu yerda zamonaviy laboratoriyalar, o‘quv-kompyuter xonalari, anatomiya xonalari, sport majmualari, oshxona, klinik amaliyot bazalari va ilmiy muhit bir joyga jamlangan.
Ta’lim tillari:
Ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladi — bu har bir talaba uchun erkinlik va tanlov demakdir.
⭐️ Nega aynan ZARMED Universitetida o'qishingiz kerak?
Sabablar juda ko'p! Asosiylari bilan quyida bo'lishamiz:
Bizning xususiy Universitetimizda yo'nalishlar keng qamrovli bo'lib, abituriyentlar o'zlari istagan: tibbiyot, pedagogika, iqtisod, sport kabi yo'nalishlarda tahsil olishlari mumkin.ZARMED Universitetida ta’lim jarayoni xalqaro standartlarga mos ravishda tashkil etilgan bo‘lib, akademik jamoamiz yuqori malakali, tajribali va o‘z ishining ustasi bo‘lgan professor-o‘qituvchilardan iborat.Talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan: shinam, zamonaviy auditoriyalar, to‘liq jihozlangan laboratoriyalar va texnik bazalar jahon talablari darajasida ishlaydi.Universitetimiz bir qator dunyo miqyosidagi reytingli oliygohlar bilan rasmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan — bu esa talabalarga xalqaro dasturlarda ishtirok etish, xorijda ta’lim olish va karyeraviy o‘sish uchun keng eshiklar ochadi.Talabalar yotoqxonasi:
Buxoro kampusida 600 o‘rinli zamonaviy yotoqxona faoliyat yuritmoqda. Talabalar uchun barcha sharoitlar: Wi-Fi, oshxona, yuvinish xonalari va xavfsizlik tizimi mavjud. Joy ajratish ariza va imtiyozlar asosida amalga oshiriladi.
Chegirma va moddiy yordamlar:
ZARMED Universitetida har bir abituriyent 5 million so‘mgacha bo‘lgan o‘quv to‘lovi chegirmasini olish imkoniyatiga ega.
Chegirmalar quyidagilarga beriladi:
Imtihon natijalari yuqori bo‘lganlarIjtimoiy ehtiyojga ega talabgorlarModdiy yordam ariza va hujjatlar asosida ko‘rib chiqiladi.Xalqaro qo‘shma dasturlar va almashinuv imkoniyatlari
ZARMED Universiteti quyidagi formatlarda xalqaro kontraktli ta’lim dasturlarini taklif etadi:
✅ 2+2, 3+1, 1+3 shaklidagi qo‘shma ta’lim
✅ Exchange (almashinuv) dasturlari 1 semestr yoki 1 yilgacha
✅ Xalqaro diplom olish imkoniyati
🤝 Hamkor universitetlar:
AQSH (Temple University), Janubiy Koreya (Joongbu University), Turkiya (Selçuk, Ada Kent), Rossiya (Tambov, SPb Politexnika) va boshqalar.
ZARMED Universiteti talabalari uchun o'z tanlagan yo'nalishi bo'yicha mahaliy va xalqaro tashkilotlarda amaliyot o‘tash imkoniyati yaratilgan. Mahalliy amaliyot bazalari: Pratiksha klinikasi, tibbiy markazlar, maktabgacha ta’lim muassasalari va iqtisodiy tashkilotlar
Xorijiy amaliyotlar: Hamkor universitetlar va xalqaro loyihalar orqali Amerika Qo'shma Shtatlari, Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya kabi davlatlarda stajirovkalar. Amaliyotlar o‘quv jarayoniga kiritilgan va real ish muhitida tajriba orttirish uchun mo‘ljallangan.
ZARMED Universiteti talabalariga o‘qish bilan birga ishlash imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
✅ Universitet ichida: koordinator, tutor, media jamoa a’zosi kabi lavozimlarda ishlash imkoniyati
✅ Tashqi tashkilotlar bilan: hamkor klinikalar, IT markazlar, o‘quv muassasalari orqali ish takliflari
✅ Karyera bo‘limi tomonidan: rezyume tuzish, intervyuga tayyorlash va ishga yo‘naltirish bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi
ZARMED Universitetida faoliyat yurituvchi Talabalar kengashi orqali talabalar universitet hayotida bevosita ishtirok etishadi.
📌 Kengash a’zolari:
Talabalar manfaatlarini himoya qiladiTashkiliy va ijtimoiy loyihalarda yetakchilik qiladiUniversitetda faol talabalar ovozi bo‘lib xizmat qiladi✅ Kengashga a’zo bo‘lgan talabalar faoliyati uchun maxsus stipendiyalar bilan rag‘batlantiriladi.
Davolash ishi
Stomatologiya
Farmatsiya
Oliy hamshiralik
Boshlang‘ich ta‘lim
Maktabgacha ta‘lim
Pedagogika
Psixologiya
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili
Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili
Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili
Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili
Iqtisodiyot
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Menejment
Axborot tizimlari va texnologiyalari
Turizm va mehmondo'stlik
Tarix
Arxitektura
Qurilish muhandisligi
Iqtisodiyot (Magistratura)
Akusherlik va ginekologiya (Magistratura)
Urologiya (Magistratura)
Neyroxirurgiya (Magistratura)
Xirurgiya (Magistratura)
Iqtisodiyot (2+2) Tomsk Davlat Universiteti, Rossiya
Moliya va moliyaviy texnologiyalar (2+1+1) Tambov Davlat Universiteti, Rossiya
Stomatologiya (4+1) Xodjaeli sog‘liq va texnologiyalar Universiteti, Turkiya
Psixologiya (2+2) Xodjaeli sog‘liq va texnologiyalar Universiteti, Turkiya
Farmatsiya (4+1) Ada Kent Universiteti, Turkiya
Davolash ishi (5+1) Ada Kent Universiteti, Turkiya
Stomatologiya (4+1) Ada Kent Universiteti, Turkiya
Axborot texnologiyalar (2+1+1) Sankt Peterburg Politexnika Universiteti, Rossiya
Qurilish muhandisligi (2+2) Moskva Davlat Qurilish Universiteti
Arxitektura (2+2) Moskva Davlat Qurilish Universiteti
Biznesni boshqarish (2+2) Joongbu Universiteti, Janubiy Koreya
Xalqaro savdo (2+2) Joongbu Universiteti, Janubiy Koreya
Axborot texnologiyalar (2+2) Joongbu Universiteti, Janubiy Koreya
Arxitektura (2+2) Joongbu Universiteti, Janubiy Koreya
Qurilish muhandisligi (2+2) Joongbu Universiteti, Janubiy Koreya
Iqtisodiyot (2+2) Temple Universiteti, AQSH, Filadelfiya
Moliya (2+2) Temple Universiteti, AQSH, Filadelfiya
Axborot texnologiyalar (2+2) Temple Universiteti, AQSH, Filadelfiya
Psixologiya (2+2) Temple Universiteti, AQSH, Filadelfiya
Qurilish muhandisligi (2+2) Temple Universiteti, AQSH, Filadelfiya
Iqtisodiyot (2+2) Selcuk Universiteti, Turkiya
Moliya va moliyaviy texnologiyalar (2+2) Selcuk Universiteti, Turkiya
Axborot texnologiyalar (2+2) Selcuk Universiteti, Turkiya
Pedagogika (2+2) Kirikkale Universiteti, Turkiya
Maktabgacha ta’lim (2+2) Kirikkale Universiteti, Turkiya
Qurilish muhandisligi (2+2) Kirikkale Universiteti, Turkiya