Sambhram University in Jizzax

Xalqaro universitet Jizzax viloyati

Universitet haqida

Universitet haqida :

Sambhram universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 iyundagi 401-sonli qarori bilan Jizzax shahrida tashkil etilgan. Sambhram texnologiya universiteti Sambhram Group kompaniyasiga tegishli nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi. Kompaniya taʼlim sohasida 30 yillik tajribaga ega bo‘lib, dunyo bo‘yicha o‘zining 7 ta xalqaro kampusiga ega. Jizzaxda tashkil etilgan taʼlim dargohida o‘qitish kunduzgi taʼlim shaklida ingliz, rus tillari va davlat tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari universitet tomonidan belgilanadi. Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston va Hindistonda oliy taʼlim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

Ta'lim yo'nalishlari

Biznesni boshqarish

Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Kompyuter injiniringi

Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA)

Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha - magistiratura)

+998 97 123 13 00 +998 97 190 13 00 Telegram