O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi “Diniy ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-sonli Farmoniga muvofiq, Toshkent islom universiteti va O‘zbekiston islom akademiyasi negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi. Islom akademiyasi kontrakt narxlari-shu yerda!
Islom Akademiyasiga kirish ballari-shu yerda! Akademiya bitiruvchilari bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining deyarli barcha vazirlik va idoralari, yirik xalqaro tashkilotlar, ilg‘or mahalliy va xorijiy kompaniya (shirkat)larda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqdalar. Ular erishgan yutuqlar zamirida Akademiyaning salmoqli o‘rni bor. Har bir bitiruvchi nafaqat bilim va ko‘nikmalarga ega, balki Akademiyaning o‘ziga xos madaniyati, urf-odati hamda didini o‘zida mujassam etib, yoshlarga haqiqiy o‘rnak bo‘lmoqda. Xorijiy talabalar istisno tarzida Akademiyaga suhbat asosida qabul qilinadi. Dars jarayonlari o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Yaqin orada ingliz tili auditoriyalarini yaratish rejalashtirilmoqda.
Axborot xavfsizligini boshqarish
Dinshunoslik
Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili
Islom iqtisodiyoti va moliyasi
Islomshunoslik (qur‘onshunoslik, hadisshunoslik, islom huquqi, aqida va tasavvuf, islom tarixi va manbashunosligi)
Islomshunoslik (yo‘nalishlar bo‘yicha)
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)
Jurnalistika: xalqaro jurnalistika
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: arab tili
Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi)
Tarix (islom tarixi va manbashunosligi)
Turizm (ziyorat turizmi)
Xalqaro munosabatlar
Yurisprudensiya (islom huquqi)
Islom huquqi
Islom iqtisodiyoti va moliyasi
Islomshunoslik
Jurnalistika (internet jurnalistika)
Lingvistika (arab tili)
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (tillar bo‘yicha)
Menejment (ziyorat turizmini tashkil etish va boshqarish)
Psixologiya (din psixologiyasi)
Qiyosiy dinshunoslik
Tarix (Islom sivilizatsiyasi)
Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)
Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati