Central Asian University

Xususiy universitet Toshkent shahri

Universitet haqida

Central Asian University Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 130-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

  

Kvota (nechta talaba qabul qilishi)  

Har bir yo’nalish uchun 100ta mahalliy va 50ta halqaro o’quvchilarni qabul qilamiz. 


Yotoqxona mavjudligi? 

CAU mahalliy va xalqaro talabalar uchun turar joy xizmatlarini taklif etadi. CAU yotoqxonasi kampus hududida joylashgan. 

Talabalar kampusdagi har qanday binoga bir necha daqiqa ichida yetib borishlari mumkin. Talabalar bir kishilik yoki uch kishilik xonani tanlashlari mumkin. Har bir xonada to'shak, muzlatgich, alohida hammom va hojatxona hamda Wi-Fi mavjud. Har bir yotoqxona qavatida talabalar ovqatlarini isitishlari yoki choy yoki qahva ichishlari uchun oshxona mavjud. Talabalar bepul kir yuvish xizmatidan foydalanishlari mumkin (talabalar faqat kir yuvish vositasi uchun to'laydilar). 

600 talabaga mo'ljallangan. 

Xona turi Yillik narxi (so'm) 

Bir kishilik - 30,000,000 Uch kishilik - 15,000,000 

   

Work and Travel - mavjud.


CAU Business School va CBS (Germaniya) bilan 3+1 Ikki Diplomli Dastur 

CAU Business School talabalariga Germaniyaning CBS International Business School bilan hamkorlikda 3+1 shaklidagi ikki diplomli dasturda qatnashish imkonini taqdim etadi.Ushbu dasturda talabalar: 

·      Dastlabki 3 yil — CAUda (O‘zbekiston) tahsil oladi, 

·      4-yil — CBSda (Germaniya) o‘qishni davom ettirib, o‘z ta’limini yakunlaydi. 

Dastur yakunida talabalar ikki diplomga ega bo‘ladilar — biri CAUdan, ikkinchisi CBSdan. 

 

International Hospitality Management & Tourism (CAU & HTMI Dual Diploma Dasturi) 

HTMi Hotel and Tourism Management Institute Switzerland bilan qo‘sh diplom dasturi global mehmondo‘stlik sohasining markazida o‘qish imkoniyatini taqdim etadi. Shveytsariyada mehmondo‘stlik va turizm bo‘yicha ta’lim sohasi oltin standart hisoblanadi va bitiruvchilarga dunyo bo‘ylab imkoniyatlar eshigini ochadi.  

 

Central Asian University va Colorado State University bilan Dual (1+1) MBA Dasturi 

 CAU ishlayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan professional MBA dasturini taklif etadi. Dastur O‘zbekistonning Central Asian University (CAU) va AQShning Colorado State University (CSU) dan ikkita diplom olish imkoniyatini o‘z ichiga oladi. Birinchi yilda siz CAUda o‘qishingiz, ikkinchi yilda esa CSUda 20% o‘qish to‘lovi chegirmasi bilan o‘qishingiz mumkin bo‘ladi. Dastur tugallangandan so‘ng, siz AQShda uch yillik ish ruxsatnomasini olasiz va bu dunyoning yetakchi iqtisodiyotlaridan birida korporativ kariyerangizni boshlashingizga imkon beradi. 

Ta'lim yo'nalishlari

Kompyuter fanlari (Computer Science)

Architechture & Design

Buxgalteriya hisobi va moliya

Iqtisodiyot

Management

Marketing

Xalqaro biznes (CAU+CBS Dual Diploma)

Medicine (Doctor of Medicine)

D.D.S (Stomatologiya)

Biotibbiyot muhandisligi

Sanoat muhandisligi

International Hospitality Management & Tourism (CAU & HTMI Dual Diploma)

Ingliz tilini o‘qitish va ta‘limni boshqarish (English Language Teaching and Educational Management)

+998 97 123 13 00 +998 97 190 13 00 Telegram