Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti :
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi 187-son qarori asosida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 2022-yil 21-iyundagi PQ–289-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra, Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Andijon davlat Pedagogika instituti tashkil etildi. Bu davrda institutda 5 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlar, Maktabgacha ta’lim, Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san’at, Jismoniy madaniyat, Pedagogika fakultetlari) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi. Hozirda institutda 7 ta fakultet 15 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.
Kirish uchun talablari :
BMB(DTM) tomonidan tashkil etiladigan davlat imtihonlarida qatnashish.
Universitet grantlari :
Universitetda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.
Universitet stipendiyasi :
Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:
Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;
- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:
- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;
- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;
- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.
To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:
- Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;
- Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.
- Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.
I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:
- I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;
- To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
Institut yotoqxonasi : Yotoqxona mavjud
Institutda hozirgi kunda 3 ta talabalar turar joyi hamda 1 dona davlat xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan talabalar uyi mavjud.
Biologiya
Boshlang‘ich ta‘lim
Fizika va astronomiya
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
Jismoniy madaniyat
Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha)
Kimyo
Maktabgacha ta‘lim
Maktabgacha ta‘lim psixologiyasi va pedagogikasi
Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘limda jismoniy tarbiya va sport
Matematika va informatika
Milliy g‘oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi
Musiqa ta‘limi
O‘zbek tili va adabiyoti
Ona tili va adabiyot: qirg‘iz tili va adabiyot
Pedagogika
Tarix
Tasviriy san‘at va muhandislik grafikasi
Texnologik ta‘lim
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (huquq ta‘limi)
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma‘naviyat asoslari)
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
Magistratura: O‘zbek tili va adabiyoti
Magistratura: O‘zga tilli guruhlarda rus tili (o‘zbek guruhlari uchun)
Ona tili va adabiyoti (qirg‘iz tili va adabiyoti)
Pedagogika va psixologiya
Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta‘lim)
Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta‘lim)
Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta‘lim)
Ta‘limda axborot texnologiyalari
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlimda xorijiy til: ingliz tili
Maxsus pedagogika : logopediya
O‘zga tilli guruhlarda rus tili (o‘zbek guruhlari uchun)